Linux operatsion tizimlarda fayl boshqaruv tizimlari

№5 dars — Linuxda, fayl tizimlari!

Biror vichester(qattiq disk) ga linux operastion tizimini o’rnatsangiz, albatta bu va boshqa ulangan vinchesterlar uchun fayl tizimini tanlashingiz zarur. Misol uchun Windows operastion tizimida asosan NTFS fayl tizimidan foydalaniladi, lekin boshqa(FAT32, FAT16) fayl tizimlari ham mavjud.

Linux operastion tizim ga quyidagi fayl tizimlari o’rnatilishi mumkin.

Ext – Linuks operastion tizimning birinchi fayl tizimi xisoblanadi, dastlabki linux versiyalarida qo’llanilgan. Jurnallar bilan ishlay olmaydi, mana shu uning kamchiligi hisoblanadi.

Ext2 – 1993 yilda yaratilgan eski fayl tizimlaridan biri hisoblanadi. Ko’p yillar davomida bu fayl tizimi barcha distributivlarda asosiy fayl tizimi sifatida qo’llanilgan. Ext2 fayl tizimini ishlashi kesh xotira bilan bog’liq. Barcha disklarda bo’layotgan jarayonlarni kesh xotiraga tashlab, so’ng diskga tashlanadi. Shu sababli bu fayl tizimining tezligi juda baland, lekin ish jarayonida tok biror sababga ko’ra o’chib qolsa, kesh xotiradagi barcha ma’lumotlarni yo’qotib qo’yishimiz mumkin bo’ladi. Chunki qattiq diskga yozilmagan ma’lumotlar kesh xotiradan o’chib ketadi. Shu sababli bunday fayl tizimi bilan ishlayotganda uzluksiz tok manbaidan foydalanish zarur. Hozirgi kunda bu fayl tizimi o’zining muhimligini yo’qotgan.

Ext3 (Third Extended Filesystem)– ext2 fayl tizimining yangilangan ko’rinishi, lekin bu tizimda yangi texnologiya (jurnallar bilan ishlash) qo’llanilgan. Diskda sodir bo’lgan o’zgarishlarning barchasi «jurnallarga» yozib boriladi va ma’lumotlarga zarar yetkanda shu jurnallar orqali fayllarni tiklash mumkin bo’ladi. Jurnallar bilan ishlashning quyidagi rejimlari mavjud:

Ordered – bu rejimda fayl tizimida sodir bo’lgan hizmat(служебный) fayllarini o’zgarishlari yozib boriladi. Rejim odatiy tarzda ishlatiladi.

Journal – buzilish sodir bo’lganda ma’lumotlarni minimal yo’qotishga erishmoqchi bo’lsangiz shu rejimdan foydalanishingiz mumkin. Bu rejimda hizmat fayllaridan tashqari foydalanuvchining ma’lumotlari xam jurnalga yozilishi mumkin. Shuning uchun bu rejim eng sekin ishlaydigan rejim hisoblanadi.

Writeback – eng tez va eng foydasiz bo’lgan rejim hisoblanadi.

Jurnalning ishlash rejimini faqat Ext3 fayl tizimi uchun o’rnatish mumkin va u quyidagicha o’rnatiladi: /etc/fstab fayli o’zgartiriladi

/dev/sda5 / ext3 defaults, data=journal 1 1

Ext3 fayl tizimida disk razdellarining maksimal qiymati 4 Tbayt, lekin linuks yadrosining 2.6 versiyasida 16 Tbayt qilib belgilangan. Faylning maksimal xajmi 1 Tbayt bo’lishi mumkin. Jurnallar bilan ishlash texnologiyasini o’chirib qo’yish xam mumkin.

Ext4 – Linuksning yangi ishlab chiqilgan fayl tizimlaridan biri hisoblanadi. Bu fayl tizimi Linuks yadrosining 2.6.28 versiyasida paydo bo’lgan. Ext3 fayl tizimi bilan solishtiradigan bo’lsak, Ext4 fayl tizimi ishlashi va ishonchliligi 2 barobar oshganligini ko’rishimiz mumkin. Bu tizimda disk razdelining maksimal qiymati 1024Pbayt (1Ebayt), fayl xajmining maksimal qiymati 2 Tbayt qilib belgilangan.

Читайте также:  Компьютер начинает тормозить через некоторое время после включения windows 10

ReiserFS – Jurnallar bilan ishlay oladigan fayl tizimlaridan biri xisoblanadi. Bu fayl tizimi asosan kichik xajmdagi fayllar bilan ishlashda foydali. Bu fayl tizimining o’ziga xos tomoni shundan iboratki, bir necha kichik xajmdagi fayllarni bir blokda saqlash mumkin. Misol uchun, blok o’lchamingiz 4 Kbayt, siz bu blokga 1 Kbaytli 4 ta faylni joylashingiz mumkin. Shu tariqa siz diskdagi bo’sh shoylaringizni tejashingiz mumkin bo’ladi. Katta fayllar bilan bu fayl tizimi juda sekin ishlaydi va bu tizim uzilishlarga(tokning uzilib qolishi, kompyuterni o’chib qolishi) bardoshli emas, shu sababli ReiserFS fayl tizimini tez-tez defragmentatstiyadan o’tkazib turishingiz lozim. Agar siz ushbu fayl tizimidan foydalanmoqchi bo’lsangiz, albatta doimiy tok manbai (UPS) dan foydalaning.

XFS – Dastlab bu tizim Silicon Graphics(SGI) kompaniyasi tomonidan Irix operastion tizim uchun yaratilgan. Bu tizim ham jurnallar orqali ishlaydigan fayl tizimi xisoblanadi. Jurnallarga fayl tizimining umumiy metama’lumotlari yoziladi va buzilish sodir bo’lganda jurnaldagi ma’lumotlarning fayl tizimiga nusxasi olish orqali qayta tiklashni amalga oshirish mumkin bo’ladi. Jurnal hajmi fayl tizimini xosil qilishda o’rnatiladi, xajm 32 megabaytdan kam bo’lmasligi lozim. Bu fayl tizimi ext3, ReiserFS va JFS fayl tizimlariga nisbatan tezroq ishlaydi, lekin ext4 fayl tizimidan sekinroq. XFS fayl tizimiga katta hajmdagi bloklarni(64 Kbayt gacha) o’rnatish mumkin. Shuning uchun bu fayl tizimida video fayllarni qayta ishlash kabi grafikli uzellarda ishlatish tavsiya etiladi.

JFS – dastlab bu tizim IBM kompaniyasi tomonidan AIX operastion tizim uchun ishlab chiqilgan, keyinroq esa OS/2 uchun va nihoyat Linuks operastion tizim uchun ishlatilmoqda. Bu ham jurnallar orqali ishlaydigan fayl tizimi. Jurnalning hajmi taxminan umumiy fayl tizimining 40% tashkil etadi. JFS tizimi jurnal va ma’lumotlardan iborat bo’lgan bir necha segmentlardan tashkil etilishi mumkin. Bu segmentlar agregatlar deyiladi va bu agregatlarni alohida montirovka qilish mumkin.

Источник

№8 dars — Linux operatsion tizimida fayllarga beriladigan ruhsatlar(read, write, execute), chmod buyrug’i

Linux operatsion tizimi, ko’p foydalanuvchili tizim hisoblanadi. Har bir foydalanuvchining o’ziga tegishli bo’lgan fayl va papkalari bo’ladi. Bu fayl va papkalarni, boshqa foydalanuvchilar o’qimasligi yoki o’zgartirmasligi katta ahamiyatga egadir. Shuning uchun linux operatsion tizimida fayl va papkalarga alohida ruhsatlar ishlab chiqilgan. Bu maqolam aynan shu ruhsatlarni o’rganishga bag’ishlanadi.

Читайте также:  Windows image backup как удалить

Linux operatsion tizimida, faylga nisbatan, foydalanuvchilar 3 guruhga bo’linadi.

  • Owner
  • Group
  • Public

Har bir fayl ma’lum bir foydalanuvchi tomonidan yaratiladi va u foydalanuvchi shu faylning haqiqiy egasi hisoblanadi, ya’ni «owner«. Foydalanuvchilar albatta ma’lum bir guruh a’zosi hisoblanishadi(group). Qolgan barcha foydalanuvchilar «public» hisoblanadi.

Misol uchun, «user» nomli foydalanuvchi, «PC» nomli guruh a’zosi. Bu degani, linux operatsion tizimida har bir foydalanuvchi hosil qilinayotganda, biror bir guruhga birlashtirib qo’yiladi. Agar, guruhga birlashtirilmasa, avtomat foydalanuvchi nomiga mos holda guruh ochilib, shunga birlashtiriladi.

Yana bir misol, «user» nomli foydalanuvchi ochildi, lekin hech qaysi guruhga birlashtirilmadi, bu holatda «user» nomli guruh avtomat ochilib, «user» nomli foydalanuvchi «user»nomli guruh a’zosi bo’ladi.

Bitta guruhga, bir necha foydalanuvchi a’zo bo’lishi mumkin. Qaysi foydalanuvchi nomi bilan tizimga kirganini va bu foydalanuvchi qaysi guruhga tegishli ekanligini quyidagi buyruq orqali bilish mumkin.

[root@test user]# id;

Linux operatsion tizimidagi har bir faylga nisbatan, 3 hil amal bajarish mumkin. Bu amallar ma’lum bir sonlar bilan belgilangan.

4 = Read = r

2 = Write = w

1 = Execute = x

ya’ni, 4 soni faqat faylni o’qish mumkinligini bildiradi, 2 soni faylga yozish mumkinligini bildiradi, 1 soni esa faylni ishga tushirishga ruhsat borligini anglatadi(fayl ichidagi skriptlarni).

Misol ko’ramiz, linux operatsion tizimida, terminal ochamiz va u yerga quyidagi buyruqni yozamiz. Bu buyruq, asosiy katalogdagi barcha fayl va kataloglar ro’yxatini, ularga berilgan ruhsatlarini chiqarib beradi.

[root@test user]# ls -al /;

misol uchun natija quyidagicha bo’lishi mumkin:

Chap tomonda drwxr-…kabi yozuvlar mavjud, mana shu yozuvlar aynan fayl ustida qanday amallarni bajarish kerakligini ko’rsatib beradi. O’rta qatordagi 2 ta ustundan birinchisi, fayl egasining nomi, ikkinchi ustun esa, fayl egasining guruhi nomidir. Bizning holda bular «root» va «root«. Ustunning oxirida esa fayl nomi keltirilgan.

Demak, bu maqola ruhsatlarga atalgani uchun, bizga birinchi ustun muhimroq. Birinchi ustun 10 ta simvoldan iborat bo’lib, birinchi simvol fayl tipini bildiradi, ya’ni «d«. Birinchi simvol quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.

Читайте также:  Windows 10 планшет прошивка

= -oddiy fayl;

d = — katalog(papka);

b = — qurilmaga oid fayl;

c = — character device;

s = — socket;

p = — kanal(pipe);

l = — ssыlka (link).

Bu simvollardan fayl qanaqa ko’rinishga ega ekanligini bilib olishimiz mumkin.

Fayl ro’yxatidagi keyingi 9 ta simvol, ruhsatlarni bildiradi. Har bir foydalanuvchi turiga 3 tadan simvol, ya’ni fayl egasiga 3 ta simvol, fayl egasi guruhiga oid foydalanuvchilarga 3 ta simvol va umuman boshqa turdagi foydalanuvchilarga 3 ta simvol.

rwx — fayl egasi faylni o’qishi, bu faylga yozishi va faylni ishga tushirish huquqlariga egadir.

r-x — fayl egasi guruhidagi foydalanuvchilar bu faylni o’qishi va ishga tushirishi mumkin, lekin yozishga ruhsati yo’q.

r-x — qolgan barcha foydalanuvchilar bu faylni o’qishi va ishga tushirishi mumkin, lekin yozishi mumkin emas.

Ruhsatlar bilan tanishib chiqdik. Endi bu ruhsatlarni qanday qilib berilishini ko’ramiz. Yuqorida aytib o’tilganidek, har bir ruhsatlar ma’lum bir sonlar bilan belgilangan.

4 — read(o’qish), 2 — write(yozish) va 1 — execute(ishga tushirish). Ruhsatlarni berishda aynan shu va boshqa sonlardan foydalaniladi. Bu sonlarning eng kichigi 1, eng kattasi 7 hisoblanadi. 1, 2, 4 sonlaridan boshqa sonlarni, shu sonlarning yig’indisi orqali chiqarish mumkin bo’ladi. Shunda, to’liq 7 ta sonni ko’rishimiz mumkin bo’ladi.

1 = execute;

2 = write;

3 = write & execute;

4 = read;

5 = read & execute;

6 = read & write;

7 = read, write & execute.

demak, bu sonlardan foydalanib biror bir faylga «dostup» beramiz. Linux operatsion tizimida bu buyruq «chmod» deyiladi. Misol, text.txt fayliga biror ruhsat beramiz va natijani ko’ramiz.

[root@test user]# chmod 755 text.txt;
[root@test user]# ls -al;

755 soni 3 ta tipdagi foydalanuvchilar uchun berilgan ruhsatdir. Natijani ko’rsangiz, sonlar harflarga o’zgartirib, so’ng chiqarilganini ko’rishingiz mumkin bo’ladi, ya’ni

7rwx(read, write, execute), bu fayl egasi uchun

5r-x(read, execute), bu guruh foydalanuvchilari uchun

5r-x(read, execute), bu qolgan barcha foydalanuvchilari uchun

bu misoldan yana shuni ko’rish mumkinki, bu fayl «oracle» foydalanuvchisiga tegishli va bu foydalanuvchi «oinstall» guruhi vakilidir.

Sonlarning kelib chiqishi quyidagicha bo’ldi:

7=1(execute)+2(write)+4(read)

5 = 1(execute)+4(read)

5 = 1(execute)+4(read)

bundan ko’rinib turibdiki, to’liq ruhsat 777 soni bo’lar ekan.

Источник

Оцените статью