Windows operatsion tizimi haqida umumiy ma‘lumotlar Operatsion tizim
Sana | 25.11.2019 |
Hajmi | 37 Kb. |
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.WINDOWS operatsion tizimi uchun zarur bo’lgan resurslar
- WINDOWS operatsion tizimining imkoniyatalri
Reja:
WINDOWS operatsion tizimi haqida umumiy ma‘lumotlar Operatsion tizim — bu maxsus dastur bo’lib, bu dastur asosiy vazifasi — kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta‘minlash. Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari. Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bo’lardan 1981 yilda yaratilgan — MS-DOS dasturi, 1991 yilda yaratilgan — Windows 3,1 dasturi, 1995 yilda yaratilgan — Windows 95 dasturi, 1998 yilda yaratilgan – Windows 98 dasturi, 2000 yilda yaratilgan — Windows 2000 dasturi, 2001 yilda yaratilgan — Windows Millennium Edition va Windows XP dasturlari. Windows dasturning taniqli bo’lishining asosiy sababi bu — ish jarayoni soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi. Windows so’zi inglizcha “window”-oyna degan ma’noni anglatadi. Windows-oynalar, ya’ni Windows operatsion tizimida oynalar bilan ishlaydi. 2.WINDOWS operatsion tizimi uchun zarur bo’lgan resurslar Hozirgi kunda keng ommaga taqdim qilinadigan kompyuterlarga WINDOWS operatsion tizimlari o’rnatilib taqdim etilayapti. Agar kompyuterlar ilgariroq olingan bo’lsa, bu kompyuterlarga ham WINDOWS operatsion tizimlarini o’rnatish mumkin.Buning uchun ma’lum shartlar (resurslar) bajarilishi shart. WINDOWS 95/98 operatsion tizimlarini o’rnatish uchun WINDOWS 95 ning minimal varianti uchun 50 Mb hajm vinchesterda bo’sh joy, 8 Mb operativ xotira va protssesor eng kamida ( ishlash taktik chastotasi 66 Mgs) 486 bo’lishi lozim. WINDOWS 98 operatsion tizimini o’rnatish uchun eng kamida 16 Mb operativ xotira, 120 Mb dan 295 Mb gacha qattiq diskda bo’sh joy bo’lishi lozim. Agar Windowsning imkoniyatlaridan foydalanmoqchi bo’lsangiz, Pentium kompyuterlariga WINDOWS tizimini o’rnatganingiz ma’qul. 3. WINDOWS operatsion tizimining imkoniyatalri WINDOWS operatsion tizimi quyidagi imkoniyatlarga ega:
Adabiyotlar ro’yxati:
Windows operatsion sistemasi haqida30 yil avval 1985 yilning 20 noyabr kuni Microsoft korporatsiyasi Windows operatsion tizimining ilk versiyasini taqdim etdi. Microsoft korporatsiyasi 1975 yilda Bill Geyts va Pol Allen tomonidan tashkil etilgan. 1970-yillarning oxirida u shaxsiy kompyuterlar uchun operatsion tizim (OT)larni ishlab chiqarish bilan shug‘ullana boshladi. MS-DOS operatsion tizimning birinchilaridan edi, uning boshqaruvi buyruq qatori orqali amalga oshirilgan. WINDOWS 1 1983 yil 10 noyabrda Microsoft Windows (ingl. «Oyna») nomli ilk grafik qobiqga ega bo‘lgan dastlabki OTni taqdim etdi. Uning savdolari 1985 yil 20 noyabrda boshlandi. Deyarli MS-DOS tarkibida bo‘lgan ushbu operatsion tizimga asosiy ilovalar kiritilgan: kalkulyator, bloknot, Paint grafik muharriri, Write matn muharriri, soat, o‘yinlar va b. Tizim bir necha vazifani bir vaqtning o‘zida bajarish imkonini berar edi, biroq ular ekranda bir-birini to‘sib qo‘ygan holatda joylashar edi. OS apparat ta’minotida yuqori talablar va o‘sha vaqtda keng tarqalmagan sichqonlarni sotib olish zarurati tufayli mashhurlikka erishmadi. Windows operatsion tizimi nusxasining ilk narxi Amerika bozorida 100 AQSh dollarini tashkil etgan, 500 ming nusxa sotilgan. Windows OT Apple kompaniyasi tomonidan Lisa kompyuterlari uchun ishlab chiqilgan (1983 yildan boshlab chiqarila boshlagan) grafik interfeysli boshqa operatsion tizimining raqobatchisiga aylandi. WINDOWS 2 1987 yil 9 dekabrda Windows 2 OT taqdim etildi (natijada uning takomillashgan ko‘rinishlari chiqarila boshlandi). U mukammallashtirilgan interfeys, shuningdek dastur oynalarining yig‘ilishi imkoniyati bilan ajralib turar edi. Ilk narxi 100 AQSh dollarini tashkil qilgan, 1 million nusxa sotilgan. WINDOWS 3 1990 yilning 22 mayida Windows 3 chiqarildi. Uning avvalgilaridan farqi, u 256 xil rangdagi dasturlar (avvalgilarida 16 ta rang) ni ishga tushirish imkoniga ega edi, bir qator qo‘shimcha yangiliklar ham kiritilgan. 1992 yilda tarmoq ilovalari (Internetga ulana oladigan TCP/IP ham shular jumlasidandir) va rus tilini ishga tushira oladigan Windows 3.1 talqini paydo bo‘ldi. OTning dastlabki narxi 149,45 AQSh dollarini tashkil qilgan. Windows 3.x Microsoft’ning tijorat jihatdan muvaffaqiyatga ega bo‘lgan ilk talqini edi, uning 25 million nusxasi sotildi. WINDOWS NT — BARChA ZAMONAVIY WINDOWS’ LARNING ASOSI 1993 yilning 27 iyulida Windows NT OT paydo bo‘ldi, u serverlar bozori (kompyuter tizimini ta’minlovchi kompyuterlar) va ishchi stansiyalar (statsionar kompyuteralar)ga yo‘naltirilgan edi. U odatiy Windows OTdan alohida ishlab chiqilgan, barcha zamonaviy Windows’larning asosiga aylandi. WINDOWS 95 1995 yilning 24 avgustida shaxsiy kompyuterlar uchun Windows 95 operatsion tizimi chiqarildi, unda (Start) tugmachasi paydo bo‘ldi, 16 bitli to‘liq palitra (65 mingdan ortiq ranglar) ishga tushirildi va interfeys elementlari joyi o‘zgartirildi, bu joylashuv Windows 8 paydo bo‘lguniga qadar saqlanib qoldi. Windows 95 Microsoft va IBM-PC kompyuterlariga bozorda Apple’dan o‘zib ketish va yetakchilik qilish imkonini yaratdi. Birinchi yilning o‘zidayoq Windows 95’ning 40 million nusxasi 210 AQSh dollari narxida sotildi (Windows 3.1 talqinida esa narx 110 AQSh dollarini tashkil etgan). WINDOWS 98 1998 yilning 25 iyunida Windows 98 OT chiqarildi. Windows 95’ning rivojlantirilgan talqini USB qurilmalari va katta hajmli qattiq disklardan foydalanish, internet, jumladan Internet Explorer i Outlook Express’dan foydalanishda yanada yaxshilangan imkoniyatga ega edi. Dastlabki to‘rt kundayoq 530 ming nusxa 110 AQSh dollaridan 210 AQSh dollarigacha bo‘lgan narxda sotilgan. WINDOWS ME 2000 yilning 19 iyunida Windows 9x — Millenium Edition platformasidagi so‘nggi OT chiqarilgan. U uyda fodalanish uchun mo‘ljallangan, tomosha qilish, videolarni tahrir qilish va boshqa bir qator imkoniyatlarga ega bo‘lgan. Turli OAV va ekspertlar uning ishonchlilik darajasi past ekanligini bir necha bor tanqid ostiga oldilar. Dastlabki uch kun ichida 200 ming ta nusxa 59,95 AQSh dollari narxida sotilgan. WINDOWS XP – ENG MAShHUR VeRSIYaSI 2001 yilning 15 avgustida Windows XP OT savdolari boshlandi, u OT tarixidagi eng mashhurlaridan biriga aylandi. Texnik yordamga chek qo‘yilishi va viruslarga nisbatan nozik bo‘lishiga qaramay, NetMarketshare tahliliy saytining ma’lumotlariga qaraganda, u hozirga qadar dunyodagi barcha kompyuterlarning 11,68 foizida o‘rnatilgan. Dastlabki narxi 85 AQSh dollaridan boshlanadi. 2015 yil holatiga ko‘ra, 1 milliardga yaqin nusxasi sotilgan. WINDOWS VISTA 2006 yilning 30 noyabrida Windows Vista paydo bo‘ldi. Asosiy yaxshilangan tomonlari orasida viruslarga qarshi himoya va Aero grafik interfeysini qayd etish mumkin. Mazkur OTni operatsiyalarni sekin amalga oshirishi, doimiy ravishda parolni kiritish va kompyuter qaroqchiligi huquqidagi murakkab tizim tufayli tanqid qilishgan. Sotuvlar boshlanganidan bir oy o‘tgach, 20 million nusxa talqiniga qarab 199 dan 399 AQSh dollarigacha bo‘lgan narxda sotilgan. 2009 yilning 22 oktabrida Windows 7 OT savdoga chiqarildi. Unda Vista’dagi kamchiliklar bartaraf etilgan va interfeys yaxshilangan. Dastlabki narxi – 159,99 dan 319,99 AQSh dollari qiymatida. Ikki yil ichida 450 millondan ortiq nusxalar sotildi. NetMarketshare ma’lumotlariga ko‘ra, 2014 yilning noyabrida dunyodagi barcha kompyuterlarning 55,71 foizida o‘rnatilgan. WINDOWS 8 2012 yilning 26 oktabrida Microsoft Windows 8 OTni ishga tushirdi. Unda “Pusk” tugmasidan voz kechish va foydalanuvchi interfeysini butunlay qayta ishlab chiqib, ekrandagi “plitka” elementlari ko‘rinishida «Metro» muhitiga almashtirishga qaror qilindi. Mazkur talqin oddiy kompyuterlarga qaraganda planshetlar uchun mo‘ljallangan deya tanqid ostiga olingan. Kamchiliklarning bir qismi Windows 8.1 da bartaraf etildi. Dastlabki olti oy ichida 100 milliondan ortiq nusxasi sotildi. Ilk narxi 14,55 dan 199,99 AQSh dollarini tashkil etgan. 2015 yil iyun oyi holatiga ko‘ra, 10,68 foiz shaxsiy kompyuterlarda undan foydalanilmoqda. WINDOWS 10 2015 yilning 25 iyulida yangi talqin Windows 10 sotuvga chiqarildi. U barcha platformalar – serverladan tortib, mobil telefonlar uchun yagona tizimga aylandi. O‘zgartirilgan elementlar orasida shaxsiy kompyuterlar uchun «Pusk» menyusi va tugmasining qaytishini alohida ta’kidlab o‘tish mumkin. Windows 7 va Windows 8 OT foydalanuvchilari yangi talqinga bepul “apgreyd” ga ega bo‘lishdi, yangi nusxa 119 dan 199 AQSh dollari qiymatida edi. Ilk 2,5 oy mobaynida yangi tizim 110 milliondan ortiq kompyuterlarda o‘rnatildi, operatsion tizim bozoridagi ulushi 2015 yil noyabr oyi holatiga ko‘ra, 7,94 foizni tashkil etmoqda. BOZORDAGI ULUShI NetMarketshare ma’lumotlariga qaraganda, Windows’ning barcha talqinlari dunyodagi shaxsiy kompyuterlardagi OT umumiy bozorining 90,42 foizini egallaydi. Serverlar bozoridagi ulushi – 30 foizga yaqin (NetCraft ingliz kompyuter kompaniyasi ma’lumotlari). WINDOWS operatsion tizimi haqida umumiy ma‘lumotlarOperatsion tizim — bu maxsus dastur bo’lib, bu dastur asosiy vazifasi — kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta‘minlash. Сейчас вы знакомитесь материалом «Общее понятие об операционной системе Windows», подготовленный редакцией Скачать-бесплатно.инфо на узбекском языке. Если материал об операционной системе Виндовс был полезен для Вас — поделитесь с друзьями. Windows dasturning taniqli bo’lishining asosiy sababi bu — ish jarayoni soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi. Microsoft Windows 10 operatsion tizimini taqdim etdi30-sentabr kuni Microsoft kompaniyasi Windows operatsion tizimining Windows 10 deb nomlangan yangi versiyasini taqdim etdi. Bu haqda The Verge ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi. Avvalroq ushbu operatsion tizimning yangi versiyasi Windows 9 yoki boshqa biror bir nom bilan nomlanishi kutilayotgan edi . Ammo hech kim Windows’ning yangi versiyasi Windows 10 deb nomlanishini taxmin qilmagan edi. Windows 10 operatsion tizimi Windows 7 bilan o‘xshash va Windows 8’dan ayrim xususiyatlarni o‘ziga olgan. Bu bilan yangi Windows versiyasi sensorli ekran va klaviatura hamda sichqoncha yordamida kompyuterdan foydalanuvchilarning barchasiga mos keladi. Eslatib o‘tamiz, Windows 7 klaviatura va sichqonchada kompyuterdan foydalanuvchilar uchun qulay, Windows 8 esa sensorli ekranga ega kompyuterlar uchun ishlab chiqarilgan va ko‘pchilikka aynan shu xususiyati sabab ma’qul kelmagan edi. Yangi versiyaga bir qancha ish stollari bilan ishlash funksiyasi qo‘shilgan. Bunda bir nechta ish stolida alohida vazifalarni bajarish va ulardan bir-biriga ma’lumotlarni ko‘chirish mumkin. Windows 10’ga yana Start Menu – “Pusk” tugmasi qaytarilgan va undagi izlash funksiyasi takomillashtirilgan. Taqdimotda Windows’ning o‘ninchi versiyasi 4 dyuymdan 80 dyuymgacha bo‘lgan displeylar uchun mo‘ljallangan deb aytildi. Bundan tushunish mumkinki, yangi Windows versiyasi telefon, planshet va kompyuterlar uchun birdek mo‘ljallangan. Shuningdek, Windows’ga “One product family. One platform. One store” – bitta mahsulot oilasi, bitta operatsion tizim, bitta do‘kon deya ta’rif berildi. Taqdimot so‘ngida nima uchun Windows’ning yangi versiyasi aynan Windows 10 deb nomlangani so‘raldi. Windows rahbari Terri Miersonning so‘zlariga ko‘ra, yangi versiya taqdim etilganidan so‘ng uni ishlatib ko‘rib, nima uchun aynan Windows 10 deb nomlanganini tushunib olish mumkin. Hozirda istalgan kishi Windows Insider Program ’ga a’zo bo‘lib, Windows 10 operatsion tizimini sinab ko‘rishi mumkin. Windows 10’ning to‘liq turi esa 2015-yilning ikkinchi yarmida barcha uchun foydalanishga topshiriladi. Windows 10 dizayniga bir qancha o‘zgarishlar kiritilgan bo‘lib, tizim skrinshotlarini “Parol” nashrining ushbu fotojamlanmasi da tomosha qilishingiz mumkin. Оцените статью Вам также может понравиться |