Windows operatsion tizimi haqida umumiy ma‘lumotlar Operatsion tizim
Sana
25.11.2019
Hajmi
37 Kb.
Bu sahifa navigatsiya:
2.WINDOWS operatsion tizimi uchun zarur bo’lgan resurslar
WINDOWS operatsion tizimining imkoniyatalri
Reja:
WINDOWS operatsion tizimi haqida umumiy ma‘lumotlar
WINDOWS operatsion tizimi uchun zarur bo’lgan resurslar
WINDOWS operatsion tizimining imkoniyatalri
WINDOWS operatsion tizimi haqida umumiy ma‘lumotlar
Operatsion tizim — bu maxsus dastur bo’lib, bu dastur asosiy vazifasi — kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta‘minlash.
Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari.
Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bo’lardan 1981 yilda yaratilgan — MS-DOS dasturi, 1991 yilda yaratilgan — Windows 3,1 dasturi, 1995 yilda yaratilgan — Windows 95 dasturi, 1998 yilda yaratilgan – Windows 98 dasturi, 2000 yilda yaratilgan — Windows 2000 dasturi, 2001 yilda yaratilgan — Windows Millennium Edition va Windows XP dasturlari. Windows dasturning taniqli bo’lishining asosiy sababi bu — ish jarayoni soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi.
Windows so’zi inglizcha “window”-oyna degan ma’noni anglatadi. Windows-oynalar, ya’ni Windows operatsion tizimida oynalar bilan ishlaydi.
2.WINDOWS operatsion tizimi uchun zarur bo’lgan resurslar
Hozirgi kunda keng ommaga taqdim qilinadigan kompyuterlarga WINDOWS operatsion tizimlari o’rnatilib taqdim etilayapti. Agar kompyuterlar ilgariroq olingan bo’lsa, bu kompyuterlarga ham WINDOWS operatsion tizimlarini o’rnatish mumkin.Buning uchun ma’lum shartlar (resurslar) bajarilishi shart. WINDOWS 95/98 operatsion tizimlarini o’rnatish uchun WINDOWS 95 ning minimal varianti uchun 50 Mb hajm vinchesterda bo’sh joy, 8 Mb operativ xotira va protssesor eng kamida ( ishlash taktik chastotasi 66 Mgs) 486 bo’lishi lozim. WINDOWS 98 operatsion tizimini o’rnatish uchun eng kamida 16 Mb operativ xotira, 120 Mb dan 295 Mb gacha qattiq diskda bo’sh joy bo’lishi lozim. Agar Windowsning imkoniyatlaridan foydalanmoqchi bo’lsangiz, Pentium kompyuterlariga WINDOWS tizimini o’rnatganingiz ma’qul.
3. WINDOWS operatsion tizimining imkoniyatalri
WINDOWS operatsion tizimi quyidagi imkoniyatlarga ega:
ko’p vazifalilik ya’ni WINDOWS muhitiga o’tgandan keyin bir vaqtning o’zida bir necha dasturlarda ishlash imkoniyati paydo bo’ladi. Masalan hujjatlar tahrirlash, rasmlar chizish, hujjatlarni bosmaga berish, musiqa eshitish va hokozo.
Ma’lumotlar buferidan (cho’ntagidan) foydalanish imkoniyati, ya’ni bemalol grafik muharriridagi yoki electron jadvaldagi ma’lumotlarni boshqa dasturlarga qo’yish yoki aksincha.
Windows muhitida ishlaydigan barcha dasturlarning shriftlari, drayverlarining printerdan foydalanish va boshqarish tugmalarining bir xilligi foydalanuvchiga bitta dasturda ishlaganda ikkinchisiga ishlashga oson ko’nikish hosil qilish imkonini beradi.
WINDOWS operatsion tizimida kompyuter tarmoqlaridan foydalanish juda qulay, masalan lokal kompyuter tarmog’ida ishlash uchun tarmoqli muhit (сетевое окружение) yorlig’ini ishlatish yetarli.
Foydalanuvchi interfeysining yagonaligi, ya’ni WINDOWS muhitida oddiydan tortib murakkabgacha dasturlarning barchasida muloqat oynalarining, menyularining, vositalar panelining va boshqalarning yagona ko’rinishga ega ekanligi va hokozo imkoniyatlar aytish mumkin.
Universal grafika-WINDOWS dasturlarining qurilmalarga va dastur ta’minotiga bog’liqsizligini ta’minlaydi.
Ma’lumotlar almashuvi- Windows dasturlararo ma’lumotlar almashish imkoniyatiga ega.
Windows muhitida electron pochta va faksdan foydalanish mumkin va hokozo.
Adabiyotlar ro’yxati:
“Ахборот тизимлари ва технологиялари”: Олий ўқув юртлари талабалари учун дарслик//Муаллифлар жамоаси: С.С.Ғуломов, Р.Х.Алимов, Х.С.Лутфуллаев ва бошк./; С.С.Ғуломовнинг умумий тахрири остида.-Т.: «Шарқ», 2000.- 592 б.
Аюпов Р.Х., Исмоилов С.И.,Аюпов Х.Р.Хусусий компьютерларда ишлаш. “Microsoft Word 2000матн муҳаррири”. – Т.: ТМИ, 2002. 124 бет
Марахимов А.Р.,Раҳмонқулова С.И. “Интернет ва ундан фойдаланиш асослари.“Ўқувқўлланма.-Т.:Тошкент давлат техника университети нашриёти,
Windows operatsion sistemasi. Reja
Название
Windows operatsion sistemasi. Reja
Дата
21.05.2013
Размер
24.87 Kb.
Тип
Документы
скачать
WINDOWS OPERATSION SISTEMASI .
Operatsion sistema tushunchasi.
WINDOWS operatsion sistemasining grafik interfeysi.
WINDOWS ishchi stoli tafsilotlari. Ish stolida foydalanishning asosiy usullari.
WINDOWS operatsion sistemasining “Bosh” menyusidan foydalanish.
“Dasturlar”, “Xujjatlar”, “Sozlash menyusi”.
Masalalar panelining “Bosh” menyusi. “Masalalar paneli”ni vazifalari va ularni sozlash.
1. Operatsion sistema tushunchasi
Operatsion sistema-kompyuter ishga tushirilishi bilan yuklanuvchi shunday bir dasturki, bu dastur foydalanuvchiga EXM bilan muloqot kilish vositasi bo‘lib xizmat kiladi, uning barcha kurilmalari ishini boshqarish imkonini beradi. Operatsion sistema yordamida tezkor xotiradan foydalanish, disklardagi axborotlarni o‘qish yoki axborotlarni disklarga yirish, amaliy dasturlarni ishga tushirish va shu kabi turli ishlarni amalga oshirish mumkin. Operatsion sistemaga extiyoj borligining asosiy sababi- undagi dasturlarsiz bu kabi ishlarni bajarish uchun quyi boskichdagi yuzlab yoki minglab elementar amallarni bajarishga to‘gri keladi.
Operatsion sistemaning asosiy vazifasi-foydalanuvchini uning bajarishi va umuman bilishi xam kerak bo‘lmagan ana shu zerikarli xamda juda murakkab ishlardan xolis etish, kompyuter bilan muloqot qilishda qulayliklar yaratishdir. Bundan tashqari, operatsion sistema fayllarni ko‘chirish yoki bosmaga chiqarish, kerakli dasturlarni tezkor xotiraga yuklab ishga tushirish va boshqaruvni ularga uzatish, operativ xotirani dastur ishi so‘ngida bo‘shatib, boshqaruvni yana o‘ziga olish kabi ishlarni xam bajaradi.
^ Foydalanuvchi interfeyslari tushunchasi .
MS DOSning buyruqlarini EXMga kiritish ko‘p mehnat, vaqt va kuch talab qilishi sababli MS DOS buyruqlaridan oson va samarali DOS qatlamlari yaratilgan bo‘lib, ularga misol tariqasida Norton commander, Microsoft Windows, PS Tools Deluxe,Far va boshqalarni keltirish mumkin.
^ Grafik interfeyslari tushunchasi .
Kompyuterning texnik va dasturli ta’minotining rivojlanganligi xujjatlarni taxrir kilish sistemasida turli xil rasm, surat va chizmalarni qayta ishlash imkoniyatini yaratdi.Grafik interfeys-turli ko‘rinishdagi grafik obyektlar (papkalar, turli ko‘rinishdagi fayllar) va bu obyektlar bilan ishlash uslublari majmui.Grafik interyfeyslarning afzalliklari shundan iboratki, bunda xar bir obyekt tegishli belgiga ega, uning ko‘rgazmaliligi va muomala uchun soddaligidadir.
2. WINDOWS operatsion sistemasining grafik interfeysi.
Obyektning belgilanishi-obyekt nomi va nishoni. WINDOWS ekrani elementlari; ishchi stoli, masalalar paneli,“Ishga tushirish” paneli.
Ishchi stoli-bu ekranning asosiy qismi, unda fayl va papkalar kabi muxim obyektlar joylashgan.
“Mening kompyuterim”, “Tarmoqlar aro boglanish”, “Savatcha”, “Internet”, “Portfel” ish stolidagi asosiy obyektlar bilan tanishib chiqamiz. Masalan: “Mening kompyuterim”-tashqi xotira qurilmasi bilan ishlash (disk va diskyurituvchilar bilan) xamda kompyuter parametrlarini sozlash imkonini beradi.
“Tarmoqlar aro bog‘lanish”-bu lokal xisoblash tarmog‘iga ulangan kompyuterlar bilan ishlash, shu bilan birga o‘zaro axborot uzatishga ko‘maklashadi.
“Savatcha”- o‘chirilgan obyektlarni saqlash uchun maxsus papka.
“Internet” (Internet Explorer)-Internet global axborot tarmoqlari ishi uchun dasturlar.
“Ishga tushirish” tugmasi kompyuterdagi mavjud dasturlarni ishga tushirishga xizmat qiladi.
3. WINDOWS ishchi stoli tafsilotlari. Ish stolida foydalanishning asosiy usullari.
Kontekst menyu-belgilangan obyekt ustida bajarilishi mumkin bo‘lgan xarakatlar ro‘yxati.Xar qanday obyektning kontekst menyusini chaqirish uchun klaviatura maxsus tugmachasi yoki “sichqoncha”ning o‘ng tugmasini bosish kifoya.Ishchi stolini kontekst menyusini chaqirish “sichqoncha”ning o‘ng tugmasini stol tekisligida xarakatlantirmok bilan amalga oshiriladi.
Ishchi stoli kontekst menyusi buyruqlari tafsiloti:
-belgini o‘rnatish (tasodifan surilib qolgan belgilarni o‘zaro teng oraliqqa qo‘yish);
-hosil qilish (ishchi stolida fayl va papkalar hosil qilish);
-xususiyat (ishchi stoli parametrlarini sozlash).
Obyektning kontekst menyusini chaqirish- “sichqoncha”ning o‘ng tugmasini belgi bo‘yicha qimirlatish bilan amalga oshadi.Obyektning kontekst menyusini asosiy buyruqlarini tafsiloti:
-ochish (obyektni ochish);
-nusxalash (obyektni nusxalash yoki ko‘chirish uchun kompyuter xotirasining maxsus bo‘lagi);
-qirqish (obyektni navbatdagi qo‘chirish uchun buferda saµlash);
-qayta nomlash (obyekt nomini o‘zgartirish);
-chetlatish (“Savatcha”ga obyektni tushirish);
-xususiyat (obyekt xususiyati parametrlarini ko‘rish va o‘zgartirish).
4. WINDOWS operatsion sistemasining “Bosh” menyusidan foydalanish.
“Bosh” menyusini chaqirish uchun “sichqoncha”ni chap tugmasi bosiladi yoki klaviaturadagi maxsus tugmalardan foydalaniladi.“Bosh” menyu quyidagi elementlardan tashkil topadi:
-dasturlar menyusi-kompyuterdagi dasturlarni bir zumda ishga tushirishga xizmat qiladi;
-xujjatlar menyusi-xujjatlar ruyxatini saqlash;
-sozlash menyusi-sistema, printer, masalalar paneli parametrlarini sozlaydi;
-izlash menyusi-fayl va papkalar, lokal tarmoqdagi kompyuterlarni qidirish;
-ma’lumotlar menyusi-WINDOWS 95 operatsion sistemasining ma’lumotlar sistemasini chaqirish;
-bajarish menyusi-buyruqlar satri bilan dasturni ishga tushirish yoki papkani ochish;
-ishni yakunlash menyusi-kompyuterni o‘chirish yoki qayta yuklash.
Ma’lumotdar sistemasi.
Ma’lumotlar sistemasini ochish uchun “Bosh” menyudan ma’lumotlar buyrugi tanlanib, “sichqoncha”ning chap tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi.Ma’lumotlar sistemasi oynasida uchta zakladka (xatcho‘p) mavjud.
1-probel-“Bo‘limlar” (ma’lumotlar sistemasidagi bo‘limlar ruyxatini ko‘rish). Bo‘limlarni ochish, tanlangan mavzu bo‘yicha axborotlarni ko‘rish.
2-probel-“Mazmuni bo‘yicha” (ma’lumotlar sistemasidagi maqolalar ro‘yxatini alfavit tartibida chi=arish).
3-probel-“Izlash” (kerakli maqolani so‘z bilan qidirish).
5. “Dasturlar”, “Xujjatlar”, “Sozlash menyusi”.
Kompterdagi dasturlarni tezda ishga tushirib yuborish uchun “Standart” dasturlar guruxi ko‘p qo‘llaniladi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
-PAINT grafik muxarriri-rasm mazmunidagi fayllarni ko‘rish, hosil qilish va taxrirlash uchun qo‘llaniladi;
-Word Pad matn muxarriri-kichik xajmdagi xujjatlarni terish, taxrir qilishda ishlatiladi;
-kalkulyator-arifmetik xisoblashlar uchun (oddiy, muxandislik rejimida);
-bloknot-matn muxarririga sodda va qulay murojaat qilish (ko‘p xollarda kichik xujjatlar) uchun ishlatiladi.
Xujjatlar menyusi
Xujjatni ishga tushirish uchun xujjat nomi yozilgan yozuv ustida “sichqoncha”ni chap tugmasini bosish kerak.“Sozlash” menyusi uchta elementlardan iborat:
a) Boshqarish paneli-sistemalar panelini sozlash, dasturlar va kompyuterni avtomatik ishga tushirish yoki to‘xtatish;
b) Printerlar-kompyuterga ulangan printerni avtomatik o‘rnatish yoki sozlash;
v) Masalalar paneli-masalalar paneli parametrini sozlash, “Bosh” menyuga yangi dastur qo‘shish yoki olib tashlash. “Xujjatlar” menyusidan xujjatlarni o‘chirib tashlash.
Kerakli punktni ishga tushirish uchun “Sozlash” menyusi elementiga mos ravishda “sichqoncha”ni chap tugmachasidan foydalanish lozim.
Boshqarish paneli quyidagi elementlardan tashkil topgan:
-o‘rnatish-dasturlarni o‘chirish-yangi dasturlarni avtomatik “Dasturlar” menyusiga kiritish yoki o‘chirish;
-yangi qurilmalarni o‘rnatish-kompyuterga ulangan yangi qurilmalarni avtomatik sozlash;
-sana/vaqt-yangi kun va vaqtni kiritish;
-ekran (ishchi stoli kontekst menyusi kabi);
-klaviatura-klaviatura parametrlarini sozlash (belgilarni qaytarilish tezligi va klaviaturaga bog‘liq boshqa yumushlar)
-“sichqoncha” — “sichqoncha” manipulyatorini parametrini sozlash (“sichqoncha”ga bog‘liq turli yumushlar);
-tarmoq -kompyuter tarmog‘ining ishini sozlash;
-parollar-WINDOWS 95 operatsion sistemaga kirish uchun yangi parolni kiritish, jumladan tarmoq uchun xam.
-printerlar (“sozlash”dagi kabi);
-til va standartlar -berilgan mintaqaga oid turli ma’lumotlar;
sistema-kompyuter qurilmalari ishini ayni vaqtda bexato ishlayotganini ko‘rsatadi.
“Izlash” menyusi.
“Izlash” menyusi quyidagi asosiy elementlarini o‘z ichiga oladi.
-Papka va fayllar -fayllar va papkalarni ko‘rsatilgan disk yoki disketdan izlash;
-Tarmoqda kerakli-kompyuterni kompyuter tarmogidan izlash.
a)Papka va fayllar- “Izlash” menyusidan “ishga tushirish” menyusi tanlanib, papka va fayllar ustiga olib borilib “sichqoncha”ning chap tugmasi bosiladi.
“Mening kompyuterim”ni ishga tushirish uchun “sichqoncha” yordamida kursorni “Moy kompyuter” yozuviga olib kelib, chap tugmasini bosish kifoya.
Ishga tushirish dastur buyruqlari-papka yoki xujjat dasturlarini ochish;
-“ishga tushirish” menyusini ishlatish uchun “sichqoncha”ni chap tugmasini bosish kerak;
-“ochish” satri bo‘ylab fayl yoki papkaga yo‘l ko‘rsatish kerak. Agar kerakli yo‘l noma’lum bo‘lsa “obzor” tugmasi yordamida avtomatik ravishda obyekt uchun kerakli yo‘l topiladi;
-papkalarni ochish yoki dasturlarni ishga tushirish “OK” tugmasini bosish bilan bajariladi.
“Ishni yakunlash” buyruqlari. Ushbu dasturni ishlatish uchun “Bosh” menyudan “Ishni yakunlash” buyrugi tanlanadi.“Ishni yakunlash” buyrugi oynasida ishni tugallashning to‘rt rejimi bor:
-kompyuterni o‘chirish-kompyuter ishini to‘liq yakunlash, foydalanuvchi ishlayotgan xamma obyektlarni yopish;
-kompyuterni qayta yuklash -oynalarning operatsion sistemasi bilan saqlangan xodda qayta yuklash;
-MS DOS rejimidan maxsus OS MS DOS rejimiga o‘tish;
-sistemaga boshka nom bilan o‘tish-OSga boshka foydalanuvchini o‘z nomi bilan kirishi.
Ishni tugatish uchun “XA”, uni bekor kilish uchun “YO‘K” tugmasi bosiladi.
6. Masalalar panelining “Bosh” menyusi. “Masalalar paneli”ni vazifalari va ularni sozlash.
“Masalalar paneli”da quyidagi asosiy elementlar joylashgan:
-“Bosh” menyu;
-klaviatura alfavitining (Ru/En) indikatori;
-soat indikatori.
Ishchi stolida fayl, papka, dasturlar oynasini ochganda ochiq obyektlar ro‘yxati shakllanadi.
Kontekst menyu quyidagi buyruqlarni o‘z ichiga oladi: (oldindan ishchi stolida biron-bir obyektni oynasini ochib ko‘ring)
-Kaskadlar-ishchi stolidagi ketma-ket o‘rnatilgan oynalar;
-yuqoridan pastga -ishchi stolidagi ustma- ust o‘rnatilgan oynalar;
Oynalarni tiklash uchun masalalar panelida “sichqoncha”ning o‘ng tugmasini bosish kerak.“Xossalar” menyusi ikki xatcho‘pdan iborat: a)masalalar paneli parametrlari;