- WINDOWS operatsion tizimi haqida umumiy ma‘lumotlar
- Windows operatsion tizimi nechanchi yilda yaratilgan
- Windows operatsion tizimi nechanchi yilda yaratilgan
- Windows operatsion tizimida oynalar bilan ishlash
- OCHIQ DARS ISHLANMASI Mavzu:
- DARSNING MAQSADLARI: 1. darsning ta’limiy maqsadi:
- Dars turi: nazariy va amaliy
- O’TGAN MAVZU: WINDOWS OPERATSION
- Sizlar bu belgini bilasizlarmi va uning vazifasinichi
- JAVOBLARI Kompyuterda joylashgan disklar, papkalar va ular ichidagi fayllarni ko’rish va ular bilan ishlash imkoniyatini yaratadi
- Tizim papkalari oddiy papkalardan qanday xususiyatlari bilan farq qiladi?
- SAVOLLARNI TEKSHIRIB OLING. 1
- Tizim papkalariga quyidagi papkalar kiradi:
- YANGI MAVZU: WINDOWS OPERATSION
- Windows operatsion tizimining asosiy ob’yekti – oynadir
WINDOWS operatsion tizimi haqida umumiy ma‘lumotlar
Operatsion tizim — bu maxsus dastur bo’lib, bu dastur asosiy vazifasi — kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta‘minlash.
Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari.
Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bo’lardan 1981 yilda yaratilgan — MS-DOS dasturi, 1991 yilda yaratilgan — Windows 3,1 dasturi, 1995 yilda yaratilgan — Windows 95 dasturi, 1998 yilda yaratilgan – Windows 98 dasturi, 2000 yilda yaratilgan — Windows 2000 dasturi, 2001 yilda yaratilgan — Windows Millennium Edition va Windows XP dasturlari.
Сейчас вы знакомитесь материалом «Общее понятие об операционной системе Windows», подготовленный редакцией Скачать-бесплатно.инфо на узбекском языке. Если материал об операционной системе Виндовс был полезен для Вас — поделитесь с друзьями.
Windows dasturning taniqli bo’lishining asosiy sababi bu — ish jarayoni soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi.
Windows so’zi inglizcha “window”-oyna degan ma’noni anglatadi. Windows-oynalar, ya’ni Windows operatsion tizimida oynalar bilan ishlaydi.
Windows operatsion tizimi nechanchi yilda yaratilgan
Operatsion tizim — bu maxsus dastur bo’lib, bu dastur asosiy vazifasi — kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta‘minlash. Windows (Windows ,,oynalar’’ degan ma’noni anglatadi) Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo`lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo`lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo`ljallangan operatsion tizimdir. Uning asosiy maqsadi-kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o`rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir.
Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari.
Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bulardan 1981-yilda yaratilgan — MS-DOS dasturi, 1991-yilda yaratilgan — Windows 3,1 dasturi, 1995-yilda yaratilgan — Windows 95 dasturi, 1998-yilda yaratilgan – Windows 98 dasturi, 2000-yilda yaratilgan — Windows 2000 dasturi, 2001-yilda yaratilgan — Windows Millennium Edition va Windows XP dasturlari. Windows dasturning taniqli bo’lishining asosiy sababi bu — ish jarayoni soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi.
Hozirgi kunda keng ommaga taqdim qilinadigan kompyuterlarga WINDOWS operatsion tizimlari o’rnatilib taqdim etilayapti. Agar kompyuterlar ilgariroq olingan bo’lsa, bu kompyuterlarga ham WINDOWS operatsion tizimlarini o’rnatish mumkin.Buning uchun ma’lum shartlar (resurslar) bajarilishi shart. WINDOWS 95/98 operatsion tizimlarini o’rnatish uchun WINDOWS 95 ning minimal varianti uchun 50 Mb hajm vinchesterda bo’sh joy, 8 Mb operativ xotira va protssesor eng kamida (ishlash taktik chastotasi 66 Mgs) 486 bo’lishi lozim.
WINDOWS 98 operatsion tizimini o’rnatish uchun eng kamida 16 Mb operativ xotira, 120 Mb dan 295 Mb gacha qattiq diskda bo’sh joy bo’lishi lozim. Agar WINDOWS ning imkoniyatlaridan foydalanmoqchi bo’lsangiz, Pentium kompyuterlariga WINDOWS tizimini o’rnatganingiz ma’qul.
MS Windows 95 Windowslarning yangi lahjasi emas, balki o`ta murakkab dasturlar majmui bo`lib, shu bilan, operatsion tizimdir.
WINDOWS ning avvalgi lahjalari (masalan, Windows 3.0, 3.1, 3.11, 3.12) asos sifatida MS DOS ni qabul qilgan bo`lsa, Windows 95 o`zi mustaqil bo`lib, kompyuterda boshqa bir operatsion tizimning bo`lishini talab qilmaydi. Lekin shu bilan birga bu muhitda MS DOS va WINDOWS ning eski lahjalari bilan ishlash imkoniyati saqlangan. Bu qo`llanmada WINDOWS ning 9x lahjasi haqida gap borgani uchun lahja nomeri 9x ni tushirib qoldiramiz.
Windows mustaqil operatsion tizim sifatida quyidagi afzalliklarga ega:
– o`zlashtirishda nihoyatda oddiy va imkoniyatlaridan foydalanish ko`lami qulay;
– u yuqori samaradorlikka ega va mazkur xususiyati bilan WINDOWS ning istalgan avvalgi lahjalaridan keskin farqlanadi. Xususan, Microsoft firmasi yangi 32 razryadli yadroni tatbiq etish bilan samaradorlik va ishonchlilikni keskin oshirishga erishdi;
– foydalanuvchi atigi bitta dasturiy ta’minot mahsulotini xarid qilib, qator muhim imkoniyatlarni qo`lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi, elektron pochtadan foydalana oladi, multimedia vositalaridan bahra oladi va hokazo;
– sodda, dasturlar majmui barkamol va yuqori unumlilikka ega.
Uktamov Azimbek va yana 7 kishi layk bosishdi.
Windows operatsion tizimi nechanchi yilda yaratilgan
30 yil avval 1985 yilning 20 noyabr kuni Microsoft korporatsiyasi Windows operatsion tizimining ilk versiyasini taqdim etdi.
Microsoft korporatsiyasi 1975 yilda Bill Geyts va Pol Allen tomonidan tashkil etilgan. 1970-yillarning oxirida u shaxsiy kompyuterlar uchun operatsion tizim (OT)larni ishlab chiqarish bilan shug‘ullana boshladi. MS-DOS operatsion tizimning birinchilaridan edi, uning boshqaruvi buyruq qatori orqali amalga oshirilgan.
WINDOWS 1
1983 yil 10 noyabrda Microsoft Windows (ingl. «Oyna») nomli ilk grafik qobiqga ega bo‘lgan dastlabki OTni taqdim etdi. Uning savdolari 1985 yil 20 noyabrda boshlandi. Deyarli MS-DOS tarkibida bo‘lgan ushbu operatsion tizimga asosiy ilovalar kiritilgan: kalkulyator, bloknot, Paint grafik muharriri, Write matn muharriri, soat, o‘yinlar va b.
Tizim bir necha vazifani bir vaqtning o‘zida bajarish imkonini berar edi, biroq ular ekranda bir-birini to‘sib qo‘ygan holatda joylashar edi. OS apparat ta’minotida yuqori talablar va o‘sha vaqtda keng tarqalmagan sichqonlarni sotib olish zarurati tufayli mashhurlikka erishmadi.
Windows operatsion tizimi nusxasining ilk narxi Amerika bozorida 100 AQSh dollarini tashkil etgan, 500 ming nusxa sotilgan. Windows OT Apple kompaniyasi tomonidan Lisa kompyuterlari uchun ishlab chiqilgan (1983 yildan boshlab chiqarila boshlagan) grafik interfeysli boshqa operatsion tizimining raqobatchisiga aylandi.
WINDOWS 2
1987 yil 9 dekabrda Windows 2 OT taqdim etildi (natijada uning takomillashgan ko‘rinishlari chiqarila boshlandi). U mukammallashtirilgan interfeys, shuningdek dastur oynalarining yig‘ilishi imkoniyati bilan ajralib turar edi. Ilk narxi 100 AQSh dollarini tashkil qilgan, 1 million nusxa sotilgan.
WINDOWS 3
1990 yilning 22 mayida Windows 3 chiqarildi. Uning avvalgilaridan farqi, u 256 xil rangdagi dasturlar (avvalgilarida 16 ta rang) ni ishga tushirish imkoniga ega edi, bir qator qo‘shimcha yangiliklar ham kiritilgan. 1992 yilda tarmoq ilovalari (Internetga ulana oladigan TCP/IP ham shular jumlasidandir) va rus tilini ishga tushira oladigan Windows 3.1 talqini paydo bo‘ldi. OTning dastlabki narxi 149,45 AQSh dollarini tashkil qilgan. Windows 3.x Microsoft’ning tijorat jihatdan muvaffaqiyatga ega bo‘lgan ilk talqini edi, uning 25 million nusxasi sotildi.
WINDOWS NT — BARChA ZAMONAVIY WINDOWS’ LARNING ASOSI
1993 yilning 27 iyulida Windows NT OT paydo bo‘ldi, u serverlar bozori (kompyuter tizimini ta’minlovchi kompyuterlar) va ishchi stansiyalar (statsionar kompyuteralar)ga yo‘naltirilgan edi. U odatiy Windows OTdan alohida ishlab chiqilgan, barcha zamonaviy Windows’larning asosiga aylandi.
WINDOWS 95
1995 yilning 24 avgustida shaxsiy kompyuterlar uchun Windows 95 operatsion tizimi chiqarildi, unda (Start) tugmachasi paydo bo‘ldi, 16 bitli to‘liq palitra (65 mingdan ortiq ranglar) ishga tushirildi va interfeys elementlari joyi o‘zgartirildi, bu joylashuv Windows 8 paydo bo‘lguniga qadar saqlanib qoldi.
Windows 95 Microsoft va IBM-PC kompyuterlariga bozorda Apple’dan o‘zib ketish va yetakchilik qilish imkonini yaratdi. Birinchi yilning o‘zidayoq Windows 95’ning 40 million nusxasi 210 AQSh dollari narxida sotildi (Windows 3.1 talqinida esa narx 110 AQSh dollarini tashkil etgan).
WINDOWS 98
1998 yilning 25 iyunida Windows 98 OT chiqarildi. Windows 95’ning rivojlantirilgan talqini USB qurilmalari va katta hajmli qattiq disklardan foydalanish, internet, jumladan Internet Explorer i Outlook Express’dan foydalanishda yanada yaxshilangan imkoniyatga ega edi. Dastlabki to‘rt kundayoq 530 ming nusxa 110 AQSh dollaridan 210 AQSh dollarigacha bo‘lgan narxda sotilgan.
WINDOWS ME
2000 yilning 19 iyunida Windows 9x — Millenium Edition platformasidagi so‘nggi OT chiqarilgan. U uyda fodalanish uchun mo‘ljallangan, tomosha qilish, videolarni tahrir qilish va boshqa bir qator imkoniyatlarga ega bo‘lgan. Turli OAV va ekspertlar uning ishonchlilik darajasi past ekanligini bir necha bor tanqid ostiga oldilar. Dastlabki uch kun ichida 200 ming ta nusxa 59,95 AQSh dollari narxida sotilgan.
WINDOWS XP – ENG MAShHUR VeRSIYaSI
2001 yilning 15 avgustida Windows XP OT savdolari boshlandi, u OT tarixidagi eng mashhurlaridan biriga aylandi. Texnik yordamga chek qo‘yilishi va viruslarga nisbatan nozik bo‘lishiga qaramay, NetMarketshare tahliliy saytining ma’lumotlariga qaraganda, u hozirga qadar dunyodagi barcha kompyuterlarning 11,68 foizida o‘rnatilgan. Dastlabki narxi 85 AQSh dollaridan boshlanadi. 2015 yil holatiga ko‘ra, 1 milliardga yaqin nusxasi sotilgan.
WINDOWS VISTA
2006 yilning 30 noyabrida Windows Vista paydo bo‘ldi. Asosiy yaxshilangan tomonlari orasida viruslarga qarshi himoya va Aero grafik interfeysini qayd etish mumkin. Mazkur OTni operatsiyalarni sekin amalga oshirishi, doimiy ravishda parolni kiritish va kompyuter qaroqchiligi huquqidagi murakkab tizim tufayli tanqid qilishgan. Sotuvlar boshlanganidan bir oy o‘tgach, 20 million nusxa talqiniga qarab 199 dan 399 AQSh dollarigacha bo‘lgan narxda sotilgan.
2009 yilning 22 oktabrida Windows 7 OT savdoga chiqarildi. Unda Vista’dagi kamchiliklar bartaraf etilgan va interfeys yaxshilangan. Dastlabki narxi – 159,99 dan 319,99 AQSh dollari qiymatida. Ikki yil ichida 450 millondan ortiq nusxalar sotildi. NetMarketshare ma’lumotlariga ko‘ra, 2014 yilning noyabrida dunyodagi barcha kompyuterlarning 55,71 foizida o‘rnatilgan.
WINDOWS 8
2012 yilning 26 oktabrida Microsoft Windows 8 OTni ishga tushirdi. Unda “Pusk” tugmasidan voz kechish va foydalanuvchi interfeysini butunlay qayta ishlab chiqib, ekrandagi “plitka” elementlari ko‘rinishida «Metro» muhitiga almashtirishga qaror qilindi.
Mazkur talqin oddiy kompyuterlarga qaraganda planshetlar uchun mo‘ljallangan deya tanqid ostiga olingan. Kamchiliklarning bir qismi Windows 8.1 da bartaraf etildi. Dastlabki olti oy ichida 100 milliondan ortiq nusxasi sotildi. Ilk narxi 14,55 dan 199,99 AQSh dollarini tashkil etgan. 2015 yil iyun oyi holatiga ko‘ra, 10,68 foiz shaxsiy kompyuterlarda undan foydalanilmoqda.
WINDOWS 10
2015 yilning 25 iyulida yangi talqin Windows 10 sotuvga chiqarildi. U barcha platformalar – serverladan tortib, mobil telefonlar uchun yagona tizimga aylandi. O‘zgartirilgan elementlar orasida shaxsiy kompyuterlar uchun «Pusk» menyusi va tugmasining qaytishini alohida ta’kidlab o‘tish mumkin. Windows 7 va Windows 8 OT foydalanuvchilari yangi talqinga bepul “apgreyd” ga ega bo‘lishdi, yangi nusxa 119 dan 199 AQSh dollari qiymatida edi. Ilk 2,5 oy mobaynida yangi tizim 110 milliondan ortiq kompyuterlarda o‘rnatildi, operatsion tizim bozoridagi ulushi 2015 yil noyabr oyi holatiga ko‘ra, 7,94 foizni tashkil etmoqda.
BOZORDAGI ULUShI
NetMarketshare ma’lumotlariga qaraganda, Windows’ning barcha talqinlari dunyodagi shaxsiy kompyuterlardagi OT umumiy bozorining 90,42 foizini egallaydi. Serverlar bozoridagi ulushi – 30 foizga yaqin (NetCraft ingliz kompyuter kompaniyasi ma’lumotlari).
Windows operatsion tizimida oynalar bilan ishlash
OCHIQ DARS ISHLANMASI Mavzu:
OCHIQ
DARS ISHLANMASI
Mavzu: Windows operatsion tizimida oynalar bilan ishlash
CHust tuman xalq ta’limi
21-umumiy o’rta ta’lim
maktabining informatika o’qituvchisi
Normatova Dilafruzning
informatika fanidan bir soatlik
DARSNING MAQSADLARI: 1. darsning ta’limiy maqsadi:
1. darsning ta’limiy maqsadi:
O’quvchilarga mavzu bo’yicha tushunchalar berish
O’quvchilarga oynalar bilan muloqot vazifalarini o’rgatish
2. Darsning tarbiyaviy maqsadi:
O’quvchilarni ma’naviy ma’rifiy ongini oshirish
O’quvchilarda vatanga muhabbat,yurtga sadoqat,o’z tiliga hurmat, ota-onaga mehr muhabbat ruhida tarbiyalash.
3. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
Har bir o’quvchidan mavzu haqidagi fikrini so’rash orqali ularda shaxsiy fikrini erkin ayta olish,nutqiy ravonlik, chiroyli va o’z o’rnida so’zlash fazilatlarini rivojlantirish
4. Kasbga yo’naltiruvchi maqsadi:
O’quvchilarda kompyuterlarning asosiy va yordamchi qurilmalari bilan ishlashni shakllantirish, turli kasblarga qiziqishini oshirish
5. Darsdan ko’zlangan maqsad:
O’quvchilarga WINDOWS operatsion tizimini o’rgatish, Windows operatsion tizimining ish stolida va oynalar bilan ishlashni o’quvchilarda shakllantirish
Dars turi: nazariy va amaliy
Dars turi: nazariy va amaliy
Dars tipi: bilim, ko’nikma, malaka hosil qilish
Dars usuli: noan’anaviy dars
Dars jihozi: kompyuter, proektor va ekran, fanga oid plakatlar
O’tgan mavzuni mustahkamlash
Yangi mavzu bayoni
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
Baholash va uyga vazifa
O’TGAN MAVZU: WINDOWS OPERATSION
O’TGAN MAVZU:
WINDOWS OPERATSION
TIZIMINING ISH STOLI
ELEMENTLARI
O’QUVCHILAR BILIMINI SINOVDAN O’TKAZISH.
Sizlar bu belgini bilasizlarmi va uning vazifasinichi
Sizlar bu belgini bilasizlarmi va uning vazifasinichi.
JAVOBLARI Kompyuterda joylashgan disklar, papkalar va ular ichidagi fayllarni ko’rish va ular bilan ishlash imkoniyatini yaratadi
Kompyuterda joylashgan disklar, papkalar va ular ichidagi fayllarni ko’rish va ular bilan ishlash imkoniyatini yaratadi.
Maxsus papkada foydalanuvchi tamonidan ish jarayonida yaratilgan matn, rasm, jadval va boshqa fayllar, papkalar saqlanadi.
Foydalanuvchi tomonidan yaqinda uchirilgan fayl va papkalar ro’yxati joylashadi. Kerak bo’lganda ularni tiklash ham mumkin.
Foydalanuvchining kompyuteriga tarmoqga ulangan kompyuterlardagi fayl, papka va disklar bilan ishlash imkoniyatini yaratadi.
Internet tizimida foydalanish uchun tanlangan hujjatlar saqlanadi.
Internetdagi WEB sahifalarini ko’rib chiqish programmasi.
Papka – bu so’z bilan nomlangan diskdagi ma’lumotlar sohasi. Uning ichida boshqa papkalar va fayllar joylashishi mumkin.
Yorliq – bu diskda joylashgan fayl yoki dasturgacha yo’llanma.
Masalalar paneli – aktiv dasturlar va fayllar nomlarini ko’rsatuvchi tugmalar joylashadi va ular yordamida bittasidan boshqasiga tezkor o’tish ta’minlanadi.
Tizim papkalari oddiy papkalardan qanday xususiyatlari bilan farq qiladi?
Tizim papkalari oddiy papkalardan qanday xususiyatlari bilan farq qiladi?
SAVOLLARGA JAVOB BERING?
Masalalar panelini qanday usullar yordamida faollashtirish mumkin?
Ikonalar deb nimalarga aytiladi? Yana uni qanday nomlar bilan nomlashimiz mumkin.
Ish stolida qanday elementlar joylashgan bo’ldi?
Tizim papkalariga qanday papkalar kiradi? Oddiy papkalargachi.
Moy kompyuter tizim papkasida qanday disklar joylashadi va ularning vazifasini aytib bering?
Operatsion tizimning asosiy vazifasi nimadan iborat?
SAVOLLARNI TEKSHIRIB OLING. 1
SAVOLLARNI TEKSHIRIB OLING.
1. Tizim papakalari oddiy papkalarda quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:
Barcha tizim papkalarini yo’qotish mumkin emas.
Korzina papkasining nomini o’zgartirib bo’lmaydi.
Ba’zi tizim papkalarining kontekst menyusida o’ziga xos buyruqlar mavjud.
2. Masalalar panelini quyidagi usullar yordamida faollashtirish mumkin:
Masalalar panelining ixtiyoriy bo’sh joyida sichqoncha klavishasini bitta bosish.
Ctrl + Esc klavishalararini bosish, ya’ni avval Ctrl va undan so’ng Esc tugmasini bosish.
Ish stoli faol bo’lgan holda Tab klavishasini bosish.
Umuman bu uchta usul bir – biriga ekvivalent emas. Birinchi usul faqat masalalar panelining fonini faollashtiradi. Oxirgi ikkita usul esa PUSK klavishasini faollashtiradi.
3. Windows da ko’plab elementlarni yodda saqlash, ajratib olish va ular bilan ishlash oson bo’lishi uchun piktogrammalar (yorliqlar) deb ataluvchi mos rasmchalardan foydalaniladi. Ularni ko’pchilik hollarda ikonalar (timsollar) deb ham atashadi. Ular programmani xotiraga tez chaqirish imkoniyatini beradi.
Ularning nomlari piktogramma, yorliq, timsollar deb atash mumkin.
4. Ish stolida quyidagi elementlar joylashgan bo’ladi:
Yorliqlar:
Tizim papkalari; (Moy kompyuter, Setevoe okrujenie, Internet Explorer, Korzina, Portfel):
Oddiy papkalar:
Masalalar paneli.
Tizim papkalariga quyidagi papkalar kiradi:
5. Tizim papkalariga quyidagi papkalar kiradi:
Tizim papkalari; (Moy kompyuter, Setevoe okrujenie, Internet Explorer, Korzina, Portfel)
Moy kompyuter: Kompyuterda joylashgan disklar, papkalar va ular ichidagi fayllarni ko’rish va ular bilan ishlash imkoniyatini yaratadi.
Setevoie okrujenie: Foydalanuvchining kompyuteriga tarmoqga ulangan kompyuterlardagi fayl, papka va disklar bilan ishlash imkoniyatini yaratadi.
Internet Explorer: Internetdagi WEB sahifalarini ko’rib chiqish programmasi.
Korzina: Foydalanuvchi tomonidan yaqinda uchirilgan fayl va papkalar ro’yxati joylashadi. Kerak bo’lganda ularni tiklash ham mumkin
Portfel: Internet tizimida foydalanish uchun tanlangan hujjatlar saqlanadi.
2. Oddiy papkalar – foydalanuvchi tomonidan yaratilgan papkalar.
6. Moy kompyuter tizim papkasida quyidagi elementlar joylashadi:
Yumshoq disketalar belgisi: Bu yordamida yumshoq distetalardagi ma’lumotlarni ko’rishimiz va ularni o’qishimiz mumkin;
Qattiq disklar: bu yordamida qattiq diskdagi (vinchesterlardagi) ma’lumotlarni ko’rishimiz va ularni o’qishimiz mumkin. Ushbu disklar kompyuterning ichida joylashadi va ular doimiy xotira ham deb nomlanadi;
Kompakt disklar: bu disk yordamida kompakt (lazerli) disklardagi ma’lumotlarni ko’rishimiz va ularni o’qishimiz mumkin;
Papkalar: ushbu belgi yordamida yumshoq yoki qattiq yoki kompakt disklardagi ma’lumotlarni saralaymiz. Har bir papka ichida boshqa papkalar yoki fayllar joylashishi mumkin. Papkalarni ochib ularni ko’rishimiz va o’qishimiz mumkin.
7. Operatsion tizim – bu maxsus bir dastur. Bu dasturning asosiy vazifasi – kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta’minlash.
YANGI MAVZU: WINDOWS OPERATSION
YANGI MAVZU:
WINDOWS OPERATSION
TIZIMIDA OYNALAR BILAN ISHLASH
REJA:
Oynalar haqida ma’lumot.
Oynalarning chegarasi.
Asboblar paneli.
Sichqoncha bilan bajariladigan ishlar.
Muloqot oynasining elementlari.
Windows operatsion tizimining asosiy ob’yekti – oynadir
Windows operatsion tizimining asosiy ob’yekti – oynadir. Oynaning bir necha turlari mavjud: Jildlar (papkalar) oynasi, Muloqot oynasi, Ilovalar oynasi, Ma’lumotlar tizimi oynasi.
OYNALAR HAQIDA TUSHUNCHA
JISLDLAR OYNASI: Hujjatlar va ilovalarni izlash, tanlash va yuklash uchun ishlatiladi. Jildlar oynasi Windows ning boshqa ob’yektlari znachoklari va oynani boshqarish elementlarini o’z ichiga oladi.
ILOVALAR OYNASI: Asosan hujjatlar bilan ishlashda qo’llaniladi. Bu oynalarga hujjat sifatida yuklatilgan axborotni va ilovalarni boshqarish elementlarini o’z ichiga oladi.
MULOQOT OYNASI: Faqat boshqarish elementlarini o’z ichiga olishi bilan boshqa oynalardan farq qiladi. Ular yordamida operatsion tizim va uning ilovalarini boshqarish mumkin.
MA’LUMOTLAR TIZIMI OYNASI: Operatsion tizim va ilovalar ishi haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.